
Yangi taşkil etilgan xalqaro Farmatsevtika texnik universiteti (Pharmaceutical Technical University)da qabul jarayonlari boşlandi.
Farmatsevtika texnik universiteti talabalarga Buyuk Britaniyaning Sunderland va De Montfort universitetlari bilan hamkorlikda farmatsevtika va tabiiy fanlar böyiça Britaniya oliy ta’lim dasturlarini taklif etadi.
Hozirda universitet 3 yönalişdagi oliy ta’lim dasturlariga hujjatlarni qabul qilmoqda:
- Sunderland universitetining farmatsevtika fanlari umumta’lim kursi (Foundation Certificate in Pharmaceutical Science);
- Sunderland universitetining biologik fanlar umumta’lim kursi (Foundation Certifiate in Biosciecnces);
- De Montfort universitetining tabiiy fanlar umumta’lim kursi (International Foundation Year in Sciences).
Umumta’lim bosqiçidan söng talabalar:
- Biokimyo (BSc (Hons) in Biochemistry);
- Biotibbiyot (BSc (Hons) in Biomedical Science);
- Farmatsevtika (MPharmacy) yönalişlari böyiça bakalavr bosqiçida ta’limni davom ettirişadi.
Öquv jarayoni xalqaro malakali va ilmiy tajribaga ega professor-öqituvçilar tomonidan töliq ingliz tilida umume’tirof etilgan Britaniya standartlariga muvofiq olib boriladi.
Farmatsevtika texnik universiteti bitiruvçilari Buyuk Britaniyaning Sunderland yoki De Montfort universitetining diplomiga ega bölişadi.
Yuqori bilim salohiyatini namoyon qilgan 40 nafar universitet talabasi töliq grant asosida tahsil oliş imkoniyatiga ega.
Universitet talabasi böliş istagida bölgan nomzodlarga quyidagi talablar qöyilgan:
- örta ta’lim maktab şahodatnomasi, litsey yoki kollej diplomlari;
- ingliz tili savodxonligida kamida IELTS 5.5 yoki mos xalqaro sertifikatga ega bölişlari.
Umumta’lim kurslarida öqiş 2023 yil 23 yanvardan boşlanadi. Arizalarni onlayn ravişda şu













