Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng kuchli raketa qachon so‘nggi marotaba fazoga ko‘tariladi?
Foto: ULA
Dunyodagi eng kuchli raketa hisoblanuvchi Delta 4 Heavy 2023 yilda so‘nggi marotaba fazoga ko‘tariladi. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari kosmik qo‘mondonligi rahbari general Jyey Reymond ma'lum qildi. U Kongress vakillari palatasining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida shu haqda so‘z yuritgan, deb xabar qilmoqda Space News nashri.
Ushbu yig‘ilishda ishtirok etgan AQSh harbiy-kosmik razvedka milliy boshqarmasi boshlig‘i Betti Sappning qayd etishicha, raketa ayg‘oqchi sun'iy yo‘ldoshni fazoga olib chiqish va boshqa razvedka maqsadlarida uchiriladi.
Umuman, Delta 4 Heavy olti marta Pentagon buyurtmasiga asosan, bir marta NASAning Solar Probe Plus ilmiy stansiyasini olib chiqish uchun uchiriladi. Raketaning yengillashtirishgan namunasi Delta 4 Medium uch marta fazoga ko‘tariladi.
Qo‘mita yig‘ilishida qayd etilishicha, AQShda Delta 4 Heavy o‘rnini bosadigan raketalar ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bular birinchi galda Falcon Heavy (SpaceX kompaniyasining raketa tashuvchisi) va New Glenn (Blue Origin kompaniyasi raketasi 2020 yilda fazoga ko‘tariladi) raketalaridir. 2019 yilda, shuningdek, Vulcan (aslida, Atlas 6) raketasi uchiriladi. U Amerikada ishlab chiqarilgan dvigatellar bilan jihozlanadi. Bundan avvalgi Atlas 5 Rossiyaning RD-180 dvigatellari bilan jihozlanar edi.
Delta IV raketalar oilasi tarkibiga 5ta tashuvchi kiradi. Ularning eng kuchlisi Delta IV Heavy bo‘lib, u Yerga yaqin orbitaga 28,8 tonna foydali yukni olib chiqa oladi. U dunyodagi eng qimmat raketa ham hisoblanadi. Uni bir marta uchirish 400 million dollarga aylanadi. Umuman, 2004 yildan beri Delta IV Heavy 9 marta uchirilgan. Ularning faqat bittasi qisman muvaffaqiyatlidir. Ushbu raketaning barcha qismlari Amerikaning Aerojet Rocketdyne kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
21:36
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026