Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yildan boshlab YaTT va o‘zini band qilganlar uchun aylanmadan 1 foizlik soliq joriy etiladi
Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlarga elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun maxsus QR-kodning mavjudligi chakana savdo qoidalarining majburiy talabiga aylanadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
2026 yil 1 yanvardan savdo aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi. Bu haqda prezident qarori imzolandi.
Bugungi kunda agar bir kalendar yilida mahsulot va xizmatlarni sotishdan tushgan daromad 100 million so‘mdan oshsa, YaTT qat’iy belgilangan soliq rejimidan aylanma solig‘i rejimiga o‘tishi shart. Soliq stavkasi aylanmaning 4 foizini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, YaTT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun maxsus QR-kodning mavjudligi chakana savdo qoidalarining majburiy talabiga aylanadi.
Integratsiyalashgan raqamli platforma orqali olingan pul oqimlari ma’lumotlari banklar tomonidan kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilishda foydalaniladi.

Mazkur hujjat bilan 2030 yil oxiriga qadar YaTT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun yagona raqamli platformaga ega alohida huquqiy rejim joriy etiladi. U orqali faoliyatni rasmiylashtirish, hisob-kitoblarni boshqarish, soliq to‘lash, chek yaratish va elektron hamyon ochish mumkin bo‘ladi. Hujjatlar elektron kalitsiz imzolanadi.
Mavzuga oid
11:06 / 05.12.2025
Ekologik choralar davomida tadbirkorlar mulkiy huquqlarini ta’minlash zarurligi eslatildi
00:21 / 30.11.2025
Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar uchun rag‘batlar e’lon qilindi
23:46 / 29.11.2025
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashga undovchi materiallar OAVda bepul joylashtiriladi
23:23 / 29.11.2025