2026 yil 1 yanvardan savdo aylanmasi 1 milliard sömgaça bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi. Bu haqda prezident qarori imzolandi.
Bugungi kunda agar bir kalendar yilida mahsulot va xizmatlarni sotişdan tuşgan daromad 100 million sömdan oşsa, YaTT qat’iy belgilangan soliq rejimidan aylanma soliği rejimiga ötişi şart. Soliq stavkasi aylanmaning 4 foizini taşkil qiladi.

Bundan taşqari, YaTT va özini özi band qilganlar uçun elektron tölovlarni qabul qiliş uçun maxsus QR-kodning mavjudligi çakana savdo qoidalarining majburiy talabiga aylanadi.
Integratsiyalaşgan raqamli platforma orqali olingan pul oqimlari ma’lumotlari banklar tomonidan kredit beriş töğrisida qaror qabul qilişda foydalaniladi.

Mazkur hujjat bilan 2030 yil oxiriga qadar YaTT va özini özi band qilganlar uçun yagona raqamli platformaga ega alohida huquqiy rejim joriy etiladi. U orqali faoliyatni rasmiylaştiriş, hisob-kitoblarni boşqariş, soliq tölaş, çek yaratiş va elektron hamyon oçiş mumkin böladi. Hujjatlar elektron kalitsiz imzolanadi.












