Samarqand viloyatida 2021 yil olti oyda 13 mingdan oshiq nikoh qayd etilgani ma'lum qilindi
Samarqand viloyatida 2021 yilning olti oyi mobaynida 13 316 ta nikoh qayd etilgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning olti oyi mobaynida Samarqand viloyatida Fuqarolik holatlarini qayd etish bo‘limlari tomonidan 13 316 ta nikoh qayd etilgan. 2041 ta nikoh bekor qilingan.
Qayd etilishicha, viloyatda eng yuqori nikoh koyeffitsiyenti (promille), Payariqda – 8,2, Kattaqo‘rg‘on shahrida – 7,8, Jomboyda – 7,6 va Paxtachi tumanida – 7,4 probille kuzatilgan.
Eng kam nikoh tuzish koyeffitsiyenti (promille) Nurobodda – 5,5, Samarqand shahrida – 6,1, Qo‘shrabotda – 6,3 va Toyloq tumanida – 6,4 promille qayd etilgan.
Ta'kidlanishicha, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida FHDYo bo‘limlari tomonidan 2 041 ta nikoh ajralishlari qayd. Ushbu ko‘rsatkich, 1000 nafar aholiga nisbatan nikohdan ajralish koyeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etgan. Nikoh bekor qilinishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand shahrida qayd etilgan – 459 ta (1,7 promille). Keyingi o‘rinlarda, Past Darg‘om – 187 ta (1,0 promille), Samarqand tumani – 183 ta (1,4 promille).
Nikoh bekor qilinishi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Nurobod – 43 ta, (0,6 promille), Qo‘shrabot – 55 ta (0,8 promille), Oqdaryo tumanida – 66 ta (0,8 promille). Aholi soniga hisoblaganda nikoh bekor qilinishi bo‘yicha ko‘rsatkich eng past ko‘rsatkich Urgut tumanida – 137 ta (0,5 promille)
Mavzuga oid
15:49 / 02.10.2024
Samarqandda tormozi ishlamay qolgan “Kamaz” 7 ta mashinani pachoqladi
19:00 / 13.09.2024
Urgutda tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi
13:30 / 01.09.2024
Samarqandda 10 ming dollarga giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar ushlandi
13:40 / 11.08.2024