Jahon | 16:02 / 07.08.2018
44872
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada «Taksi» filmi yulduzi Sami Naserini do‘pposlashdi

Foto: TASS

«Taksi» filmining yulduzi, fransiyalik aktyor Sami Naseri Moskvadagi tungi klubda yuz bergan mushtlashuvdan keyin Sklifosovskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutiga tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, 4 avgustdan 5 avgustga o‘tar tunda fransiyalik aktyor Moskvadagi tungi klublardan birida do‘pposlangan, u klubda ukasi bilan birga bo‘lgan. Muassasaning boshqa mehmoni bilan mojaro natijasida aktyorning yuziga zarba berilgan, shundan so‘ng u tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi.

«Ha, u murojaat qildi, unga yordam ko‘rsatildi va shu kuni javob berildi», - deya aytib o‘tishgan tibbiyot muassasasida. 

Sami Naseri «Taksi» filmlar seriyasidagi taksi haydovchisi Daniel obrazi orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish.

Mavzuga oid