O‘zbekistonda Energetika muammolari instituti tashkil etiladi
Sanoatning energiya ko‘p iste'mol qilinadigan tarmoqlarida ilmiy-innovatsion infrastrukturani yaratish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Fanlar akademiyasi va Energetika vazirligining “O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi MChJ bazasida Fanlar akademiyasi Energetika muammolari institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- respublikada energetika barqaror rivojlanishining kelajak strategiyasini ishlab chiqish, o‘rta va uzoq kelajakda yoqilg‘i-energetika kompleksining rivojlanishi va modernizatsiyalash bo‘yicha dasturlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- muqobil (noan'anaviy) energiya asosidagi yangi texnologiyalar, energetik uskunalar va tizimlarning respublika iqlim sharoitlarida resurs ko‘rsatkichlarini o‘rganish maqsadida sinovlarini amalga oshirish;
- iqtisodiyot tarmoqlari energiya sarfini pasaytirish bo‘yicha kompleks tadqiqotlarni o‘tkazish va konkret tavsiyalar ishlab chiqish;
- “intellektual tarmoqlar” nazariyasini rivojlantirish va energetika sohasiga joriy etish uslublarini ishlab chiqish;
- mamlakatning energetik xavfsizligini ta'minlash, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda yoqilg‘i-energetika kompleksi obektlarining barqaror faoliyatini ta'minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
- mintaqaning qo‘shni davlatlari o‘rtasida yoqilg‘i-energiya manbalaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
- iqtisodiyotning turli sohalarida an'anaviy, shuningdek muqobil va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bilan bog‘liq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish;
- yoqilg‘i-energiya resurslaridan ularni hosil qilish, uzatish va foydalanish bosqichlarida samarali foydalanish uslublarining ilmiy-texnik darajasini oshirish;
- yoqilg‘i-energiya resurslarini hosil qilish, uzatish va taqsimlash tannarxini pasaytirish maqsadida zamonaviy energetik texnologiyalarning transferi va respublika sharoitida moslashtirishni asoslash;
- sohadagi chet el muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va konkret innovatsiya modellaridan keng foydalanish, jadal axborot almashinuvini ta'minlash;
- energetika tarmog‘i uchun energetik oliy o‘quv yurtlari kafedralari filiallarini tashkil etish orqali yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashda ishtirok etish;
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimi bo‘yicha yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash.
Institutga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun unga quyidagi huquqlar beriladi:
- tadqiqotlarni amalga oshirishga respublika ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tarkibidan xodimlarni, shuningdek chet ellik olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
- xalqaro tashkilotlar, jumladan jamg‘armalar, chet el tadqiqot markazlari, shuningdek ta'lim muassasalari bilan tadqiqotlar o‘tkazish va kadrlar tayyorlashga shartnomalar tuzish;
- institutning ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga jalb etilgan ilmiy xodimlari, boshqa mutaxassislar va ekspertlarni chet el tadqiqot markazlari va ta'lim muassasalariga belgilangan tartibda “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan malakaviy amaliyot o‘tash va o‘qishga yuborish.
Institut Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi 2B-uy manzilida doimiy foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Mavzuga oid
08:45 / 07.08.2024
Qishloq xo‘jaligi kadrlarini qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi
11:27 / 27.07.2024
1 avgustdan Raqamli kriminalistika institutiga bir qator huquqlar beriladi
08:26 / 10.07.2024
Xorazmda pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
10:21 / 07.06.2024