Umrzoqov: Gaz va elektr muammosi bo‘yicha qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan ayrim rahbarlar qamoqqa olingan
Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish tanqidiy ruhda kechmoqda.
Yig‘ilishda qonunbuzilishga hamda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan soha rahbarlaridan ayrimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va qamoqqa olingani ma’lum qilindi.
9 dekabr kuni ham Umrzoqov rahbarligida qishni betalafot o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda Toshkent viloyati prokurori Prezident Administratsiyasidan noqonuniy gazga ulangan zavodni tarmoqdan uzmaslikni so‘ragani haqida aytilgandi. Yig‘ilishda Umrzoqov aholiga berilishi kerak bo‘lgan gazga noqonuniy ulanishlar orqasida kim turgani aniqlanishi va javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:06 / 18.11.2024
O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari Oksfordda malaka oshirishi mumkin
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
17:31 / 28.08.2024
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
20:55 / 23.08.2024