O‘zbekiston | 15:00 / 03.10.2025
3356
3 daqiqa o‘qiladi

Afsonalar bag‘ridagi ne’mat: Toshkent mineral suvining tarixi va qadri haqida

27 sentabr kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy kino saroyida “Toshkent mineral suvining afsonalari va sirlari” nomli hujjatli filmning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Film orqali nafaqat tarixga, balki inson salomatligiga bog‘liq tabiiy boylik – mineral suvning kelib chiqishi va ahamiyatiga ham chuqur nazar tashlandi.

Toshkent mineral suvi: tabiatning nodir sovg‘asi

Toshkent mineral suvining tarixi yuz yilliklar chuquriga borib taqaladi. Tabiat bag‘rida 1371 metr chuqurlikdan olinadigan №5/1 quduq suvi, nafaqat o‘zining tabiiy tozaligi, balki boy tarkibi bilan ham ajralib turadi.

Suvning tarkibida kalsiy, magniy, kremniy, gidrokarbonatlar kabi organizm uchun foydali elementlar mavjud. Bu suvning pH darajasi 8 dan yuqori bo‘lib, u “oddiy suv” emas, balki yurak-qon tomir tizimi, buyrak, oshkozon ichak trakti, jigar terini tozalash va immunitetni tiklashda yordam beradigan tabiiy vosita hisoblanadi.

Film orqali tarixga sayohat

Toshmineralsuv Bottler” kompaniyasi tomonidan suratga olingan hujjatli filmda nafaqat suvning tabiiy kelib chiqishi, balki uning atrofidagi afsonalar, ilk quduqlarning ochilishi, zamonaviy ishlab chiqarish jarayoni va suvni iste’mol qilish madaniyati haqida ham so‘z yuritiladi.

“Toshkent mineral suvining afsonalari va sirlari” hujjatli filmi taniqli rejissyor Sardor Isxakov tomonidan suratga olingan.

Filmda taniqli tarixchilar, olimlar, tibbiyot mutaxassislari va san’atkorlar ishtirok etgan. Ular o‘z nuqtai nazarlarini bildirgan holda suvning tarixi va ahamiyatini keng yoritishga hissa qo‘shgan. Namoyish so‘ngida "O‘zgidrogeologiya"ning yetakchi gidrogeologi Temur Mavlonov, "Toshminvody" sanatoriyasi bosh shifokori Tashbekov Farxod Baxramovich, islomshunos professor Ne’matullo Muhamedov va tarixchi-mahallashunos Boris Galenderlar savollarga javob berishdi.

Sog‘lom hayot sari tabiiy qadam

Toshkent mineral suvi nafaqat shifobaxsh xususiyatlari, balki uning ekologik tozaligi va sifatli ishlab chiqarilishi bilan ham farqlanadi. Suvning har bir partiyasi mikrobiologik va kimyo laboratoriyalarda sinovdan o‘tkaziladi. Bu esa uning xavfsizligi va standartlarga to‘liq javob berishini ta’minlaydi.

Bugungi kunda bu suv nafaqat ichki bozorda, balki xorijda ham e’tirof etilmoqda. Mahalliy brendning shunday darajaga chiqqani – bu nafaqat ishlab chiqaruvchining, balki butun mamlakatning iftixori desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Meros, shifo va istiqbol

“Toshkent mineral suvining afsonalari va sirlari” filmi, shubhasiz, suvni faqat mahsulot emas, balki madaniy va tabiiy meros sifatida qabul qilish zarurligini yana bir bor eslatdi.

Maqsad — uni asrab-avaylash, ilmiy tadqiq etish, targ‘ib qilish va kelgusi avlodlarga yetkazish. Tabiatning shunday nodir ne’matlariga e’tibor bergan holda, har bir iste’molchi o‘z sog‘lig‘i uchun mas’uliyatni his qilishi lozim.

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid