O‘zbekiston | 12:07 / 01.01.2019
39631
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning qat'iy miqdorlari belgilandi

2019 yil 1 yanvardan boshlab 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalarga nafaqalar, bola 2 yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha nafaqalar va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordamning yangi miqdorlari joriy etiladi. 

Norma’ning yozishicha, ayni paytda ushbu nafaqalar va moddiy yordam miqdorlari EKIHdan kelib chiqib belgilanadi. 2019 yildan eng kam ish haqiga bog‘lanmagan, qat'iy belgilangan stavkalar amal qiladi. Quyidagi jadvalda solishtirma tahlil bilan tanishish mumkin.

Joriy etilayotgan qat'iy belgilangan miqdorlar amaldagilaridan uncha farq qilmaydi, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidagi oilalarga moddiy yordam bundan mustasno. Ushbu nafaqalar miqdorlari qariyb 18%ga oshgan. Bu ularning miqdori yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqib hisoblanishiga bog‘liq, 1.01.2018 yildagi holatga ko‘ra u 172 240 so‘mni tashkil etgan, hozir esa 202 730 so‘mni tashkil etadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan nafaqalar va moddiy yordamni to‘lash tartibi quyidagi hujjatlar bilan belgilangan:

• Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Hujjat 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid