Hukumat qarori bilan «Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan rasmiy band bölgan yolğiz ota va onalarga farzandi uçun maktabgaça ta’lim xizmatidan foydalaniş uçun moddiy yordam tölaş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Qarorga köra, moddiy yordam Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bölgan yolğiz ona yoki otaga ijtimoiy şartnoma asosida tölanadi.
Bunda ularning maktabgaça ta’lim taşkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoşgaça bölgan farzand(lar)iga BHM 1,5 baravarigaça miqdorda tölab beriladi.
Moddiy yordam qonuniy vakilning 3 yoşgaça bölgan faqat 1 nafar farzandi (bolalar egizak bölsa, egizaklarning har biri) uçun beriladi.
Moddiy yordam oliş uçun qonuniy vakil «Inson» markazlari, Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi, şuningdek, YaIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada quyidagi ma’lumotlar körsatiladi:
- qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti ma’lumotlari;
- 3 yoşgaça bölgan farzand(lar)ining tuğilganlik töğrisidagi guvohnomasi(lari) ma’lumotlari;
- mobil telefoni raqami;
- AT «Xalq banki» bankida oçilgan bank kartasi ma’lumotlari.
Moddiy yordam hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigaça qonuniy vakilning ijtimoiy kartasiga, agar u mavjud bölmasa, «Xalq banki»da oçilgan bank kartasiga ötkazib beriladi.








