Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
“Zarafshon–Navoiy” yo‘nalishida 47 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan. YTH oqibatida 2 kishi voqea joyida vafot etgan. Turli darajada jarohatlangan 9 nafar yo‘lovchi esa shifoxonaga yetkazilgan.
Foto: Kun.uz
Navoiyda yo‘lovchi avtobus YTHga uchradi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH bugun tongda viloyatning cho‘l hududida sodir bo‘lgan. “Zarafshon–Navoiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan avtobus haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.
“Hamma jim ketayotgandi, birdan avtobus ag‘darilib, dumalab ketdi. Nima bo‘lganini sezmay ham qoldik. Avtobus bosib qolgan 2 kishi shu joyning o‘zida vafot etdi, jarohatlanganlar ham talaygina”, deydi avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilardan biri Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH 5 yanvar kuni soat taxminan 7:40 larda Tomdi tumanining Tomdibuloq ovuli hududidan o‘tgan A-379 “Navoiy–Uchquduq” yo‘lining 167-168 kilometri oralig‘ida sodir bo‘lgan. 47 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusni 40 yoshli Sh.X. “Zarafshon–Navoiy” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.
“Hozirda vaziyatni to‘liq o‘rganish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda og‘ir oqibatlarga olib kelgan shart-sharoitlarga huquqiy baho berish maqsadida Navoiy viloyati IIB tomonidan voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda”, deyiladi IIB rasmiy axborotida.
Avvalroq Sirdaryo va Jizzaxda YHX patrul avtomobillari piyodalarni urib yuborgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
10:20 / 08.01.2026
Toshkentda Onix avtomobili GAZ-63 bilan to‘qnashdi, yo‘lovchi vafot etdi
16:53 / 06.01.2026
Xorazmda daraxtga borib urilgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
14:50 / 06.01.2026