Navoiy viloyati, Zarafşon şahrida 54 yoşli ayol kuyovini öldiriş uçun killer yolladi, deb xabar berdi IIB.

Ma’lum qilinişiça, yoş oilada yuz bergan tortişuvlar kelin ammasining ğazabini qözğagan. U dastlab kuyovini «aqlini kiritib qöyiş», keyinçalik öldiriş uçun 40 mln söm evaziga öziga taniş bölgan ikki yigitni yollagan.

Navoiy viloyati IIB xodimlari suiqasd sahnasini taşkil etib, videoga olib, ayolga jönatgan. Ayol esa videoni «xursandçilik» bilan qabul qilib, suiqasd buyurtmasi uçun kelişilgan puldan 2 million 300 ming sömni yollangan şaxslarning kartasiga taşlab bergan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda ayol jinoyat ustida qölga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.