O‘zbekiston | 13:32 / 22.07.2024
6935
1 daqiqa o‘qiladi

Haftaning ikkinchi yarmida harorat yanada ko‘tariladi

O‘zbekistonda ish haftasi biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Chorshanba kunidan boshlab issiqlik kuchayishi kutilmoqda, havo harorati +38…+41 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston bo‘ylab hafta davomida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi «O‘zgidromet». Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Dushanba va seshanba kunlari havo harorati +36...+39 daraja, janubiy va cho‘l zonasida +40...+41 darajagacha issiq bo‘ladi. 

Chorshanbadan jumagacha issiqlik 2-3 darajagacha oshishi kutilmoqda: kunduzi havo +38...+41 darajagacha, janubiy va cho‘l zonasida +42...+43 darajagacha isishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Toshkentda 22—25 iyul kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Juma kuni havo harorati +39…+41 darajagacha ko‘tariladi. 

Mavzuga oid