O‘zbekiston | 12:46 / 02.11.2024
79716
4 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» 4-6 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 6 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi. Harorat 4 noyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +8...+13; 5 noyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +10...+15; 6 noyabrda kechasi +0...+5, ba’zi joylarda -2, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 4 noyabrda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12, kunduzi 4 noyabrda +20...+25, 5 noyabrda +13...+18, 6 noyabrda +10...+15 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5-6 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 4 noyabrda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12, kunduzi 4 noyabrda +20...+25, 5 noyabrda +13...+18, 6 noyabrda +10...+15 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14, kunduzi 4 noyabrda +24...+29; 5-6 noyabrda +17...+22 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5-6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14, kunduzi 4 noyabrda +24...+29; 5-6 noyabrda +20...+25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5-6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 noyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +20...+25; 5 noyabrda kechasi +7...+12, kunduzi +12...+17; 6 noyabrda kechasi +7...+12, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqt-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 5-6 noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 noyabrda kechasi +3...+8, kunduzi +13...+18; 5-6 noyabrda kechasi va kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid