Jahon | 08:26 / 15.01.2018
5679
1 daqiqa o‘qiladi

Dayverlar homilador akulani qo‘ldan oziqlantirishdi (video)

Dayverlar homilador yo‘lbars akulani o‘z qo‘llari bilan oziqlantirishdi va bu jarayonni videoga tushirishdi. Rolik CGTN telekanali tomonidan e'lon qilingan.

Suvga sho‘ng‘uvchilar xavfli dengiz yirtqichi bilan “uchrashuv”ni rejalashtirishmagan edi – ular Bagam orollari yaqinidagi suvlarda uncha katta bo‘lmagan sariq akulalarni oziqlantirish bilan shug‘ullanishgan. Shu paytda ularning yoniga katta, ehtimol, homilador, yo‘lbars akula suzib kelgan.

Bu turdagi akulalar juda shafqatsiz ekani bilan mashhur, biroq akvalangchilarga omad kulib boqdi – akula o‘zini xotirjam tutgan va hattoki dayverlardan biriga o‘ziga qo‘l tekkizishga yo‘l qo‘yib berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid