Misrning Sino yarimorolidagi Dahab kurort şahri qirğoqlarida akula hujumi oqibatida ayol kişi jabrlandi. Bu haqda Misr atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, ayolga zarur tibbiy yordam körsatilgan. Dahabdagi plyaj vaqtinça yopilgan. Hodisa sabablarini aniqlaş va qirğoq zonasini örganiş uçun rasmiylar maxsus komissiya tuzgan. Akula dengiz tubida ğoyib bölgan va qidirilmoqda.

El Manshar naşri xabariga köra, jabrlanuvçining qöli amputatsiya qilingan. Ayol hozir şifoxonada, ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.

Taxminlarga köra, ayol mehmonxona plyaji yaqinida suzayotganida akula hujumiga uçragan. Odamlar uni huşsiz holatda suvdan olib çiqib, şifokorlarni çaqirişgan.

Akulalar hujumi Misrda kamdan kam sodir böladi. 2022 yilda 68 yoşli ayol akula hujumi oqibatida qöli va oyoğidan ajralib, yurak xurujidan vafot etgan edi.

2020 yili Misrga borgan 12 yoşli ukrainalik bola va unga hamrohlik qilgan gid akula hujumiga uçragan, oqibatda tanadagi ayrim a’zolarini amputatsiya qilişga töğri kelgandi.

2010 yil davomida esa Şarm Aş-Şayxda beş kun davomida akula hujumi röy berib, uç nafar rossiyalik va bir nafar ukrainalik jarohatlanib, bir nafar germaniyalik halok bölgandi.