Prezident 2 ta shahar va 10 ta tuman hokimini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berdi
Ularning faoliyatini bosh prokuratura tekshiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yil boshida reja qilingan xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish vazifalarining ijrosi ko‘rib chiqildi.
Bu yilgi investitsiya va hududiy dasturlar doirasida jami 20 milliard dollar xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha katta marralar belgilangan edi.
Bu boradagi ijobiy tajriba sifatida o‘tgan olti oyda Andijon shahri, Buloqboshi, Romitan, G‘allaorol, Forish, Karmana, Davlatobod, Chust, Kattaqo‘rg‘on, Sirdaryo tumanlarining har biri 50 million dollardan ko‘p to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya olib kelingani qayd etildi.
Natijada ushbu tumanlarda jami 50 mingta yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum paydo bo‘ldi.
Lekin Amudaryo (Sultonboy Yo‘ldoshev), Qo‘rg‘ontepa (Elyorbek Nabijonov), Buxoro (Xayrullo Jo‘rayev), Mirishkor (Sherali Sanayev), Chiroqchi (Nodir Erkayev), Xatirchi (Sayfiddin Nizomov), Payariq (Zafar Ergashev), Oqoltin (Dilmurod Fozilov), Guliston (Saydimqul Begimqulov), Oqqo‘rg‘on (Alisher Karimjonov) tumanlari, Navoiy (Muratxan Egamqulov) va Yangiyo‘l (Farhod Mirzayev) shaharlarida bu ko‘rsatkichlar pastligi, investitsiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi.
Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.
Mavzuga oid
15:15
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
13:42
Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi
10:15
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi tushib bormoqda
22:12 / 22.11.2024