“Özbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamğarmasi” AJ Toşkent va London fond birjalarida aksiyalarning dastlabki joylaştiruvi kutilayotgani haqida e’lon berdi.

Kun.uz'ga taqdim etilgan press-relizda aytilişiça, kompaniya portfelidagi uluşlarning jami sof aktivlar qiymati 2025 yil 31 dekabr holatiga 2,44 mlrd dollarga baholangan.

Jamğarma 2024 yilda taşkil etilgan bölib, hozirda yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi. Vazirlik jamğarmani AQŞning Franklin Templeton kompaniyasiga (dunyo böylab 1,74 trln dollar qiymatdagi aktivlarni boşqaradi) işonçli boşqaruvga bergan.

UzNIF portfeli – davlatga qaraşli 13 ta kompaniyaning quyidagiça hajmdagi va qiymatdagi minoritar aksiyalaridan iborat:

Qayd etiş lozim, prezident qaroriga asosan, UzNIF portfelidagi kompaniyalar 2030 yilga qadar öz sof foydasining kamida 50 foizi miqdorida dividend tölaş majburiyatiga ega.

IPO sanalari va narx parametrlari keyinroq e’lon qilinadi.

IPO uçun obuna çeklangan vaqt davomida oçiq bölişini inobatga olgan holda, çakana investorlar Toşkentdagi taklif doirasida buyurtma beriş uçun oldindan Özbekistonda brokerlik hisobvaraqlarini oçişi tavsiya etiladi.

Ma’lumot uçun, UzNIF portfelidagi kompaniyalarning quyidagi 6 tasi 2028 yilgaça Franklin Templeton bilan hamkorlikda individual tarzda IPO ötkazişi ham közda tutilgan: Uzbekistan Airways, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Özbektelekom”, “Özbekgidroenergo”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Hududgazta’minot”.