Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
Rasmiy tashrif 5-7 oktyabr kunlariga mo‘ljallangan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-7 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Moskva shahrida ikki davlat yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston rahbari Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bilan ham uchrashadi.
«Bo‘lajak uchrashuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, migratsiya va gumanitar sohalarda kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Tataristonga tashrif buyurib, respublika Raisi Rustam Minnixanov bilan muzokara o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026