Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kofein dozasining oshirilishi qanday oqibatlarga olib keladi?
Foto: pixabay.com
Olimlar kofeinga doir tadqiqot o‘tkazishdi. U haqiqatdan tetiklikni qaytarish, uyquga to‘ymaslik va charchoq bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga yordam beradi, biroq kofein dozasining me'yordan oshirilishi organizm uchun jiddiy xavf keltirishi mumkin. Bu haqida "Inforeaktor" nashrida xabar berildi.
Ma'lumki, me'yor deganda kuniga 400 milligramm (mg) qahva tushuniladi - bu taxminan 4 finjon qahva. Qahva iste'moli shu ko‘rsatkichdan oshgan taqdirda, uning belgilari insonning tashqi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: qizarish, yurakning tez urishi, mushaklar, nutq, fikrlash hamda oshqozon-ichak trakti faoliyatining buzilishi.
Shuningdek asabiylashish, asossiz bezovtalik va kayfiyatning o‘zgarishi ham kofein dozasining oshirilishi natijasida yuzaga keladi.
Olimlar 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga umuman kofein iste'molini taqiqlashadi. O‘smirlar uchun kunadlik doza - 100 mg, katta yoshlilar uchun esa - 200 mg. Maksimal ta'sir 2 soatdan keyin seziladi, shuning uchun qahva yoki choyni uyqudan 4 soat oldin ichish maqsadga muvofiq.
Mavzuga oid
07:41 / 16.12.2025
Dunyoda qaysi ichimlik ustun: choymi yoki qahva?
07:20 / 26.11.2025
Dunyo qahva xaritasi: kishi boshiga iste’mol bo‘yicha yetakchi mamlakatlar
22:09 / 09.11.2025
Choy, qahva va suvning salomatlik uchun eng maqbul me’yori aytildi
21:13 / 10.12.2024