«Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi»ning 100 foiz ulushi sotiladi
«Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz ulush sotiladi. Bu haqda «UzAssets Investitsiya kompaniyasi» xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi O‘zbekistonda neftni qayta ishlash hajmi bo‘yicha ikkinchi yirik zavodi hisoblanadi. Zavod 478 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, binolar 190 ming kvadrat metr maydonni egallagan.
Joriy ishlab chiqarish quvvati - yiliga 2 million tonna, foydalanish koeffitsiyenti 2020 yilda - 50 foiz. Kompaniyada 60 turdagi neft mahsulotlari va yoqilg‘i-moylash materiallari, shu qatorda «Yevro»-4 va «Yevro-5» standartlariga muvofiq dizel yonilg‘isi ishlab chiqariladi.
Mahsulotlarning qariyb 94 foizi mahalliy bozorga sotiladi, qolgan qismi eksport qilinadi, FNQZ xodimlarining umumiy soni qariyb 6 500 kishini tashkil qiladi.
2020 yilda mahsulot sotishdan tushum 231 million AQSh dollarini, yalpi foyda -54 million AQSh dollarini tashkil etgan. So‘nggi 3 yilda o‘rtacha yillik sof foydasi 19 million AQSh dollarini tashkil etgan.
Bildirilishicha, hozirgi kunda Kompaniyaning texnologik bo‘linmalarini keng ko‘lamli rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, kompaniya bundan avval ham ishonchli boshqaruvga berilgan, 2019 yilda sotilishi kerak edi.
Mavzuga oid
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
19:32 / 30.10.2024