O‘zbekistondagi mashg‘ulotlarda qatnashgan rossiyalik harbiylar ortga qaytdi
Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” poligonida o‘tgan qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etgan rossiyalik harbiylar ortga qaytdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug ma'lum qildi. O‘zbekiston va Rossiya harbiylari ishtirokidagi mashg‘ulotlar Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashgani ortida o‘tdi.
2 avgustdan 6 avgustgacha o‘tgan mashg‘ulotlarda ikki davlatning 1,5 mingga yaqin harbiysi ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar davomida harbiylar Markaziy Osiyo davlatlari hududiy yaxlitligini ta'minlash bo‘yicha o‘zaro harakatlarni mashq qilishgan.
Rossiya, shuningdek, mashg‘ulotlar doirasida O‘zbekistonga 4ta Tu-22M3 bombardimonchi samolyotini yuborgan.
9-10 avgust kunlari O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya harbiylari ishtirokida Tojikistonning Xatlon viloyatida mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:00 / 18.09.2024
Finlandiya va Estoniya Boltiq dengizida Rossiya flotini bloklash rejasini tayyorlamoqda
13:00 / 18.09.2024
Rossiya elchisi: AQSh bilan qurol nazorati bo‘yicha muloqot imkonsiz
12:20 / 18.09.2024
2,5 yillik urushda Ukraina va Rossiyaning 1 mln harbiysi halok bo‘ldi va yaralandi
22:45 / 17.09.2024