Iqtisodiyot | 13:25 / 16.01.2017
10429
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada 2016 yilda "bozori chaqqon" bo‘lgan mashinalar ro‘yxati e'lon qilindi

Buyuk Britaniya avtomobillar bozorida 2016 yilda hammasi bo‘lib 3 068 000 ta yengil va yengil tijorat mashinalari xarid qilindi. Bu natija Buyuk Britaniyaga dunyoning eng yirik avtobozorlari reytingining 6-pog‘onasini egallashga imkon berdi. Yengil mashinalardan 2 692 786 ta sotilgan va 2015 yilgi ko‘rsatkichdan 2,3 foizga ko‘proq bo‘lgan. Bu haqda Focus2move tahliliy agentligi ma'lum qildi. 

Ford, Opel va Volkswagen Britaniya avtobozorida eng ommabop brendlar nomini saqlab qoldi. Shu bilan birga ulardan har birining savdosi 5,1 foizdan 7,5 foizgacha tushib ketgan. Quyida Buyuk Britaniya avtobozorida 2016 yilda "bozori chaqqon" bo‘lgan mashinalar ro‘yxati keltirilgan.

Buyuk Britaniya bozorining mutlaq yetakchisi Ford Fiesta 120 525 ta sotilgan avtomobil bilan 2016 yilda 1-o‘rinni saqlab qoldi. Biroq bu ko‘rsatkich 2015 yildagidan 9,7 foizga kamroq bo‘lgan. Vauxhall Corsa yoki boshqa bozorlarda Opel Corsa sifatida ma'lum bo‘lgan ixcham model 2-o‘rinni egalladi, bunday mashinalardan o‘tgan yili 77110 ta sotilgan. 3-o‘rinni 70545 ta sotilgan avtomobil bilan Ford Focus egalladi.

Umuman olganda, britaniyaliklarning ixcham avtomobillarga qiziqishlari yuqori bo‘lib qolmoqda, biroq ulardan eng mashhurlariga talab susaymoqda.

Mavzuga oid