O‘zbekiston | 17:36 / 18.02.2026
3773
5 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tarovih namozi vaqtida ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Ramazon oyi davomida Toshkentdagi tarovih namozi o‘qiladigan masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati soat 19:00 dan 00:00 ga qadar cheklanadi.

Ramazon oyida tarovih namozlari sabab 18 fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi, deya xabar qilmoqda Toshkent shahri IIBB.

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

  • Tepa masjidi – Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Bektemir tumani bo‘yicha:

  • Alibek masjidi – M.Avezov ko‘chasidan H.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yashnobod tumani bo‘yicha:

  • Islomota masjidi – Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi;
  • Ali ibn Abu Tolib masjidi – Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Mirobod tumani bo‘yicha:

  • Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi – Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
  • Qo‘yliq ota masjidi – THAY – Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Sergeli tumani bo‘yicha:

  • Ma’ruf ota masjidi – Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
  • No‘g‘ay qo‘rg‘on masjidi – Yangi Sergeli-S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan – S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:

  • Usmon bin Ma’zum masjidi – KHAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY-Qushbegi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;
  • Yakkasaroy masjidi – Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘ubo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;
  • Rakat masjidi – J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yangihayot tumani bo‘yicha:

  • Niyozmat ota masjidi – THAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

  • Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi – Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;
  • Kamolon masjidi – Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Olmazor tumani bo‘yicha:

  • Hazrati imom masjidi – Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;
  • Islomobod masjidi – KHAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;
  • Do‘stjonboy (Sulola) masjidi – Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yunusobod tumani bo‘yicha:

  • Mirza Yusuf masjidi – Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani bo‘yicha:

  • Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi – Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;
  • Hazrati Ali masjidi – Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshariy ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.

Chilonzor tumani bo‘yicha:

  • Novza masjidi – Bunyodkor-Muqimiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi;
  • Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi – Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galliota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
  • Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi – Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.

Ushbu ko‘chalarda faqat maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish