Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murad Buildings nafaqat odamlar uchun uy quradi…
Murad Buildings har yili minglab qushlarni qishki “uy-joy” va ozuqa bilan ta'minlab, jamoat joylari, bog‘lar, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa shahar obektlarida qushlarni oziqlantirishga mo‘ljallangan uyalar qurishda davom etmokda.
Yanvar oyining o‘zida poytaxtimiz bo‘ylab qushlar uchun 300ta uya o‘rnatib berildi. Shuningdek, fevral davomida yana 200ta shunday joy o‘rnatish rejalashtirilgan.
- Yangi yil arafasida buvamlarnikida mehmon bo‘ldim. Xovliga qarasam, yuzga yaqin musicha va chumchuqlar o‘tirganiga guvoh bo‘ldim, - deydi Murad Buildings asoschisi Murodxon Nazarov. – Keyin bilsam, buvamlar har tong qushlarga don separ ekanlar. Qushlar esa ularning chiqishlarini yig‘ilib poylab o‘tirar ekan. Bundan juda ilhomlandim, kayfiyatim ko‘tarildi. Buning ustiga, buvamlarning aytishlaricha, bu juda katta savob ekan. Ana shu kundan boshlab bunday yaxshilikni butun yurt bo‘ylab yoyishga qaror qildim.

Bugungi kunda – bu qushlar hayotini qishki mavsumda shahar sharoitida qo‘llab-quvvatlab turishga yo‘naltirilgan eng yirik ekologik aksiyadir. Kushlar qishki mavsumda qiynalmasliklari uchun barcha inlar doimiy ravishda ozuqa bilan ta'minlab turiladi.

Shahrimizdagi qushlar haqida qayg‘urish bo‘yicha ekologik aksiyaga 2015 yilda start berilgan. O‘shanda shahar bo‘ylab qariyb 2000ta uya o‘rnatilgandi.

Murad Buildings nafaqat mehr-muhabbat bilan uy barpo etadi, balki savob ishlarni bajonudil tashkil etib, ulardan haqiqiy zavq oladi.
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
12:18 / 17.03.2026
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori: narxlar qanday o‘zgaryapti?
10:29 / 05.03.2026
Uy-joy qurilishida yer ajratish va ruxsat berish tartiblari tezlashtiriladi
08:40 / 05.03.2026