Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilda Özbekiston böyiça jami 69,1 mingta xonadon foydalanişga topşirilgan.
Bu körsatkiç 2024 yilga nisbatan 2,4 mingtaga oşgan.
Hududlar kesimida eng köp xonadon Namangan viloyatida foydalanişga topşirilgan bölib, ularning soni 10,8 mingtani taşkil etgan.
Keyingi örinlarda Toşkent viloyati 6,7 mingta, Surxondaryo viloyati 6,1 mingta, Farğona viloyati, Xorazm viloyati va Toşkent şahri esa 5,9 mingtadan xonadon bilan qayd etilgan.
Şuningdek, Buxoro viloyatida 5,6 mingta, Andijon viloyatida 4,8 mingta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 4,6 mingta, Qaşqadaryo viloyatida 4,1 mingta, Samarqand viloyatida 3,5 mingta xonadon foydalanişga topşirilgan.
Eng past körsatkiçlar Jizzax va Navoiy viloyatlarida — 2 mingtadan, Sirdaryo viloyatida esa 0,6 mingtani taşkil etgan.

















