O‘zbekiston | 01:22 / 29.05.2020
52562
2 daqiqa o‘qiladi
1 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda 1 iyun, dushanba kunidan boshlab «yashil» va «sariq» toifadagi hududlarda ichki turizm tiklanadi. Bu prezident imzolagan «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonda ko‘zda tutilgan.
Hujjat bilan, Respublika maxsus komissiyasi, jamoat tashkilotlari va turizm sohasi sub'yektlarining:
- belgilangan sanitariya-gigiyena me'yorlari va talablariga qat'iy rioya etgan holda 2020 yilning 1 iyunidan «yashil» va «sariq» toifadagi hududlarda ichki turizmni qayta yo‘lga qo‘yish bilan birgalikda yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros obektlari hamda boshqalar) faoliyatini boshlash;
- fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga kirishga ruxsat etiladigan mamlakatlar ro‘yxatini belgilab olgan holda tashqi turizmni bosqichma-bosqich qayta tiklashga doir takliflari ma'qullandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 16 martdan boshlab tashqi turistlar uchun yopilgan edi. Shu va keyinchalik kiritilgan qat'iy cheklovlar natijasida 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Mavzuga oid
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024