O‘zbekiston | 19:50 / 24.10.2020
18096
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent shahridagi Adju universiteti 2020–2021-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi

Foto: Adju universiteti

Toshkent shahridagi Adju universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida Koreya Respublikasining Adju universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Universitet talabalarga bakalavriatning uch yo‘nalishlari, ya’ni “Arxitektura” (Architecture), “Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi” (Electrical and Computer Engineering), “Qurilish muhandisligi” (Civil Systems Engineering) bo‘yicha ta’lim beradi. O‘qitish faqat ingliz tilida olib boriladi. O‘qituvchilarning kamida 25 foizi Koreya Respublikasidagi Adju universiteti professorlari hamda chet ellik mutaxassislardir.

Shartnoma bo‘yicha bir yillik to‘lov narxi 52 mln so‘m. 2020-2021 o‘quv yiliga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, o‘qish tugallanguncha bo‘lgan muddatda shartnoma summasining 80% miqdoridan ortiq miqdorda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (subsidiya)ga ega bo‘ladilar. Talaba tomonidan to‘lanadigan shartnomaning yillik qiymati “Arxitektura” (Architecture) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – 7,8 mln so‘mni, “Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi” (Electrical and Computer Engineering) – 7,1 mln so‘mni hamda “Qurilish muhandisligi” (Civil Systems Engineering) – 7,1 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Davlat ta’minoti (subsidiya)ni olgan bitiruvchilar davlat tashkilot va  muassasalarida mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlanadi.

Universitetni tugatgandan so‘ng, bitiruvchilar Koreya Respublikasidagi Adju universitetining xalqaro diplomiga ega bo‘ladilar va u dunyoning barcha nuqtalarida tan olinadi.

2020-2021 o‘quv yili uchun universitetga murojaat etish jarayoni onlayn tarzda oktabr va noyabr oylarida o‘tkaziladi. Abituriyentlar uchun batafsil ma’lumot, shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tish www.ajou.uz veb-saytida amalga oshiriladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish paytida shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish va quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalarini yuborish lozim:

  • pasport;
  • umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatganligi to‘g‘risida baholar qo‘yilgan ilova bilan shahodatnoma, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejining baholar qo‘yilgan ilova bilan diplomi;
  • 3,5×4,5 o‘lchamdagi fotosurat (olingan sanasi 3 oydan oshmasligi kerak);
  • kamida 5.0 ball to‘plaganligi haqida IELTS sertifikati (mavjud bo‘lsa);
  • faxriy yorliqlar, sertifikatlar, mukofotlar (mavjud bo‘lsa).

Eslatma: hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida badal to‘lovi amalga oshiriladi (223 000 so‘m).

IELTS sertifikati taqdim etilganda abituriyent ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonini topshirishdan ozod etiladi.

Kirish imtihonlari ingliz tili, matematika va fizika fanlaridan o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlarini o‘tkazish, shuningdek, talabalarni qabul qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri Koreya Respublikasining Adju universiteti vakillari tomonidan amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumotni Universitetning www.ajou.uz rasmiy saytidan yoki 71-207-65-66, 71-207-66-76, 95-195-33-66, 94-620-16-61 telefon raqamlaridan olish mumkin.

E-mail: info@ajou.uz; aut@ajou.uz

Telegram: t.me/ajou_uz

Facebook: facebook.com/ajou.uz

Instagram: www.instagram.com/ajou_uz

Toshkent shahridagi Adju universitetiga xush kelibsiz!

Biz Sizni kutamiz!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid