O‘zbekiston | 17:39 / 13.10.2020
5991
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi Adju universiteti yangi o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini boshladi

Toshkent shahridagi Adju universiteti 2020–2021 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi.

Universitet talabalarga bakalavriatning uch yo‘nalishi, ya'ni “Arxitektura” (Architecture), “Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi” (Electrical and Computer Engineering), “Qurilish muhandisligi” (Civil Systems Engineering) bo‘yicha ta'lim beradi. O‘qitish faqat ingliz tilida olib boriladi. O‘qituvchilarning kamida 25 foizi Koreya Respublikasidagi Adju universiteti professorlari hamda chet ellik mutaxassislardir.

Shartnoma bo‘yicha bir yillik to‘lov narxi - 52 mln so‘m. 2020-2021 o‘quv yiliga qabul qilingan O‘zbekiston fuqarolari o‘qish tugallanguncha bo‘lgan muddatda shartnoma summasining 80 foizi miqdoridan ortiq miqdorda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (subsidiya)ga ega bo‘ladi. Talaba tomonidan to‘lanadigan shartnomaning yillik qiymati “Arxitektura” (Architecture) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha – 7,8 mln so‘m, “Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi” (Electrical and Computer Engineering) – 7,1 mln so‘m, “Qurilish muhandisligi” (Civil Systems Engineering) 7,1 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Davlat ta'minoti (subsidiya)ni olgan bitiruvchilar davlat tashkilot va muassasalarida mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta'minlanadi. Universitetni tugatgandan so‘ng, bitiruvchilar Koreya Respublikasidagi Adju universitetining xalqaro diplomiga ega bo‘ladilar va u dunyoning barcha nuqtalarida tan olinadi.

2020-2021 o‘quv yili uchun universitetga murojaat etish jarayoni onlayn tarzda oktabr va noyabr oylarida o‘tkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid