San'atkorlarning intellektual va mulkiy huquqlarini himoya qilishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston prezidenti madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san'atni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
San'atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tashkil etilmoqda. Palata mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilot hisoblanadi. Palata faoliyatini dastlabki bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash uchun unga Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘m ajratiladi.
Palata o‘z faoliyatini quyidagi tartibda amalga oshiradi:
huquq egalari yoki ularning merosxo‘ri tomonidan berilgan vakolat asosida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradi;
foydalanuvchilar (kafelar, saytlar, radio, televideniye va h.k.) bilan asarlar va turdosh huquqlar obektlaridan foydalanish uchun shartnomalar tuzadi;
respublika va xorijiy davlatlarda ushbu faoliyatni amalga
oshiruvchi boshqa tashkilotlar bilan ham o‘zaro hamkorlik qiladi;
foydalanuvchilardan yig‘ilgan haqni huquq egalariga taqsimlaydi (o‘z xarajatlarini chegirib qolgan holda), huquq egalariga ularning huquqlaridan foydalanilganligi to‘g‘risidagi hisobot beradi.
Palata va unga o‘xshash tashkilotlar mualliflik huquqlarini, asosan, sud orqali himoya qiladi. Shu sababli, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, mazkur turdagi da'volar uchun davlat bojidan ozod qilish taklif etilmoqda.
San'atkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar tegishliligiga ko‘ra fuqarolik va ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlar hamda iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu turdagi ishlar soni nisbatan kamligi va o‘zaro tajriba almashish zarurligi sababli, Oliy sud tomonidan muntazam ravishda sud amaliyotini umumlashtirib borish taklif etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Boltiqbo‘yi davlatlari Ukrainada o‘t ochishning to‘xtatilishini o‘z xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rmoqda
Jahon | 17:47
-
Janubiy Koreya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘lgan gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Jahon | 17:22
-
Alaviy, druz, xristian ayol. Suriyaning yangi hukumati tarkibiga kimlar kirdi?
Jahon | 16:50
-
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25
Mavzuga oid

15:03 / 15.03.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

16:54 / 12.02.2025
Rossiya bilan kino sohasida hamkorlik qilinadi

21:27 / 24.12.2024
“Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” – Ozodbek Nazarbekov

11:04 / 02.12.2024