Boltiqböyi davlatlari Ukrainada ehtimoliy öt oçişni töxtatiş ularning xavfsizligiga tahdidni keskin oşirişi mumkinligidan xavotirda, çunki bu Moskva uçun qayta qurollaniş va qöşinlarini köçiriş imkoniyatini yaratadi, deb yozmoqda Financial Times.
Estoniya, Latviya va Litva mudofaa vazirlari Moskvani faqat Ukraina bilan çeklanib qolmasligini ta’kidlamoqda. «Hammamiz tuşunamizki, Ukrainada uruş töxtagaç, Rossiya öz kuçlarini juda tez qayta taqsimlaydi», — dedi Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur.
Litva mudofaa vaziri Dovile Şakalene ham uning fikriga qöşilgan. «Keling, xom xayollarga berilmaylik. Rossiya Ukrainadan keyin töxtaydi, deb özimizni aldamaylik. Öt oçiş töxtatilgaç, Rossiya bu vaqtni harbiy salohiyatini oşirişga yönaltiradi. Ular jang maydonida tajriba orttirgan ulkan armiyaga ega va bu qöşin yanada kengayadi», — deydi u.
Pevkurning baholaşiça, hozir Ukraina hududidagi 600 ming rossiyalik askarning taxminan 300 mingi boşqa joylarga köçirilişi mumkin. «Bu odamlar Rossiya mintaqalariga qaytib, makkajöxori yiğiş yoki boşqa iş bilan şuğullanmaydi, çunki armiyada ular öz şaharlarida topişlari mumkin bölgan daromaddan taxminan beş-ön baravar köproq maoş olmoqda», — deydi u.
FT’ning qayd etişiça, Boltiqböyi davlatlari ayniqsa, har tört yilda ötkaziladigan va joriy kuzda Rossiya va Belarus çegarasida taşkil etiladigan keng kölamli «Ğarb» harbiy öquv maşğulotlaridan xavotirda.
2025 yilning yanvar oyida Donald Tramp Amerikaning Yevropadagi kontingentini qisqartirişni va 20 mingga yaqin harbiyni olib çiqib ketişni rejalaştirayotgani ma’lum bölgandi. Boltiqböyi davlatlari mudofaa vazirlarining ta’kidlaşiça, NATOning har qanday qöşinlarini olib çiqiş — hatto Ukrainada öt oçişni töxtatiş uçun bölsa ham — öz xavfsizligini tahdid uyğotadi.

















