Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston vakili Bishkekda bo‘lib o‘tgan xalqaro Qur'on musobaqasida 3-o‘rinni egalladi
Foto: t.me/alquranuz
Toshkent islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonov Bishkekda bo‘lib o‘tgan xalqaro Qur'oni Karim musobaqasida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 30 oktabr kuni Qirg‘iziston poytaxtida MDH respublikalari Qur'on hofizlari ishtirokida o‘tkaziladigan I Xalqaro Qur'oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bishkekdagi «Imom Saraxsiy» jomesida «Qur'on bahori» shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada MDH davlatlaridan kelgan Qur'on hofizlari tajvid qoidasi asosida Qur'oni karimni yoddan o‘qib berish bo‘yicha musobaqalashdi.
Musobaqada O‘zbekiston qorilari nomidan ishtirok etgan «Imom Buxoriy» nomli Toshkent islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonov 11 ta mamlakatdan tashrif buyurgan qorilar orasida uchinchi o‘ringa munosib topildi.
Musobaqada birinchi o‘ringa qirg‘izistonlik Ibrohim Mallaboyev, ikkinchi o‘ringa dog‘istonlik Usmon Zulpuxargaddiyev munosib ko‘rildi. Shuningdek, uchinchi o‘ringa O‘zbekiston vakilidan tashqari qozog‘istonlik Imanali Mirzageldiyev ham loyiq ko‘rildi.
Mavzuga oid
10:10 / 28.11.2025
Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi ulkan LED-ekran ortiga “bekitildi”
22:26 / 11.10.2025
Qirg‘izistonda poytaxtni ko‘chirish haqida gapirildi
15:25 / 12.09.2025
Bishkekda zilzila sodir bo‘ldi
20:58 / 19.08.2025