Bişkekdagi Ukraina elçixonasi binosi bilan unga qarama-qarşi tomonda joylaşgan Qirğiziston prezidenti qarorgohi orasiga ulkan LED-ekran örnatildi. Bu, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning şaharga kelişi arafasida, 27 noyabr, payşanba kuni bölib ötgan Kollektiv xavfsizlik töğrisidagi şartnoma taşkiloti (KXŞT) sammiti oldidan amalga oşirildi.
Konstruksiya örnatilgani haqida 20 noyabr kuni jurnalist Grigoriy Pirlik özining Telegram-kanalida yozgan edi. U e’lon qilgan fotosuratlarga qaraganda, bir neça qavatli uy balandligiga teng inşoot şunday qilib qöyilganki, yaqinda oçilgan prezident va hukumat qarorgohi “Intimaq Ordo” hududidan ekrandagi tasvirni körişga devor xalal beradi. Lekin ayni paytda bu konstruksiya Rossiya tajovuzidan aziyat çekkan mamlakat — Ukraina elçixonasi hududidagi bayroqni körinişdan yaşiradi.

Qirğiziston prezidenti matbuot xizmatiga köra, köça örtasida örnatilgan ulkan LED-ekran “hukumat videomateriallarini namoyiş qiliş va protokol tadbirlariga vizual hamrohlik qiliş uçun” möljallangan. Bir qator OAV Ukraina elçixonasini berkitib qöyadigan bunday konstruksiya örnatilişini Putinning Bişkekka kelişi bilan boğladi — taşrif doirasida u “Intimaq Ordo”ga ham borgan. Qirğizistondagi Ukraina elçisi maslahatçisi Denis Avtonomov esa bu haqda “sabab–oqibat boğlanişi, şubhasiz, mavjud” degan qisqa izoh bilan çeklandi.
Siyosiy şarhçi Turat Akimov sodir bölayotgan voqeani Putin xavfsizligini ta’minlaş bilan şuğullanadigan FSO (Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining prezidentni qöriqlaş qiliş xizmati) faoliyati bilan boğladi. Uning aytişiça, Rossiya maxsus xizmati xodimlari “odatda ön kunça oldin kelib, butun hududni örganib çiqadi”. Ular Ukraina elçixonasi hududidan Putin uçun tahdid kelib çiqişi mumkin, deb hisoblagan bölişi va Qirğiziston tomoni uşbu “xavf”ni bartaraf etişi kerak, deb öylaşgan bölişi mumkin, deb taxmin qiladi Akimov.
Vladimir Putin Bişkekka 26 noyabr kuni keldi, ertasi kuni esa “Intimaq Ordo”da bölib ötgan KXŞT sammitida iştirok etdi. Tadbir yakunlari böyiça Kreml rahbari hukumat majmuasida ötkazilgan matbuot anjumanida OAV jurnalistlari oldida nutq sözladi. Berilgan savollarning asosiy qismi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga oid edi.
Putin bildirgan bayonotlar orasida — dekabr boşida Moskvaga Ukraina böyiça Donald Trampning tinçlik rejasini muhokama qiliş uçun AQŞ delegatsiyasi kelişi tasdiqlandi. Kreml rahbari Moskva Ukraina haqidagi “kelgusi kelişuvlar asosi sifatida” AQŞ prezidenti ma’qullagan uruşni töxtatiş rejasini qabul qilişga tayyorligini aytdi, ammo “hozirça heç qanday yakuniy variantlar yöq ekani uçun ular haqida gapiriş örinsiz”ligini qöşimça qildi.













