Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchda behayo video reklama monitorida namoyish etildi, IIB izoh berdi
Xorazm viloyati markazi Urganch shahrining serqatnov chorrahalaridan biriga o‘rnatilgan reklama monitorida behayo videolavha namoyish etildi. IIB bu ehtiyotsizlik oqibatida yuz berganini ma’lum qildi.
Videodan kadr
31 mart kuni soat 19:20 da Urganch shahridagi Al-Xorazmiy va Xonqa ko‘chalari kesishgan chorrahada joylashgan reklama monitorida pornografik mazmundagi behayo videolavha bir necha daqiqa davomida namoyish etilgan. Uning foto va videotasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Xorazm viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, videolavha haqidagi xabar navbatchilik qismiga kelib tushganidan so‘ng, uning namoyishi zudlik bilan to‘xtatilgan.
Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan dastlabki tezkor-surishtiruv yakuniga ko‘ra, videolavha reklama monitoriga egalik qiluvchi xususiy firma ishchisi, 1978 yilda tug‘ilgan I.I. tomonidan ehtiyotsizlik oqibatida monitor xotirasiga yuklangani aniqlangan.
Holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
10:52 / 25.12.2025
Urganchda tuman sabab ayrim reyslar Buxoroga yo‘naltirildi
13:33 / 08.10.2025
Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
11:29 / 09.08.2025