O‘zbekiston | 21:47 / 27.11.2020
8122
1 daqiqa o‘qiladi
1 dekabrdan kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shu yilning 1 dekabridan O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad – elektron sportni rivojlantirish.
Kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat'iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:
- fuqarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda, stollar oralig‘ida ijtimoiy masofani ta'minlagan holda joylashtirish;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
- har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda obektga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
- har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.
Mavzuga oid
15:39 / 26.09.2024
JSST: dunyoda har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaram
18:34 / 15.04.2023
Kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketgan geymerning 20 yildan keyingi qiyofasi qanday bo‘ladi?
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022