Dunyodagi har önta ösmirdan biri ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter öyinlariga berilib ketiş oqibatida ruhiy qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) hisobotida e’lon qilindi.

Hisobotda ösmirlar orasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişning keskin ösişi — 2018 yildagi 7 foizdan 2022 yilda 11 foizgaça kötarilgani qayd etilgan. Bu raqamli texnologiyalarning yoşlar ruhiy salomatligiga ta’siri haqidagi taşvişlarga sabab bölmoqda.

Uşbu ma’lumotlar “Maktab yoşidagi bolalarning salomatlikka munosabati” tadqiqoti doirasida töplandi. Unda 2022 yilda Yevropa, Markaziy Osiyo va Kanadada yaşovçi 11, 13 va 15 yoşli 280 mingga yaqin bola va ösmir iştirok etdi.

Tadqiqotning asosiy xulosalariga köra, ösmirlarning 11 foizida ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik belgilari kuzatiladi, bu körsatkiç öğil bolalarga (9 foiz) nisbatan qizlarda (13 foiz) yuqoriroq. O‘cmirlarning 36 foizi döstlari bilan muntazam onlayn muloqot qiladi, taxminan 34 foizi har kuni raqamli öyinlar öynaydi, 22 foizi esa bu maşğulotga kuniga tört soatdan ortiq vaqt sarflaydi.

Ularning 12 foizida öyinlarga nisbatan muammoli xulq-atvor kuzatiladi, bu qizlarga qaraganda öğil bolalar orasida köproq uçraydi.

“Ösmirlarning raqamli öyinlarga bölgan munosabatidagi gender farqlar hayratlanarli darajada. Öğil bolalar nafaqat har kuni öyin öynaşga köproq moyil, balki ularda onlayn öyinlarga nisbatan muammoli xulq-atvor ham tez-tez şakllanadi. Bu esa, motivatsiya va xavf omillarining gender jihatlarini hisobga olgan holda maqsadli çoralar köriş zarurligini anglatadi”, — deb ta’kidlaydi Paduya universitetidan hisobot hammuallifi Klaudiya Marino.