Kanadalik mutaxassislar kelajak geymerlarining taşqi körinişini yaratişdi. Muttasil 20 yil öyinga berilgan öyinçilarning qiyofasi havas qilgulik emas. Geymerning közlari qontalaş, boş suyagi qiyşaygan, terisi özgarib ketgan. Kompyuter öyinlari öynayotganda özingizga e’tiborli bölmasangiz, siz ham şu ahvolga tuşib qolişingiz mumkin, deb ogohlantirdi ekspertlar.

 

Öyinçining ismi Maykl – geymer turmuş tarzi uning jismoniy holatiga qanday ta’sir qilişi mumkinligiga oid xalqaro hisobotlar asosida tayyorlangan va öyinçilarga ogohlantiruvçi signal bölişidan umid qilingan.

Koronavirus pandemiyasi davrida öz-özini izolyatsiyalaş tarğib qilinişi onlayn öyinlar sanoati gullab-yaşnaşiga sabab böldi. Öyinçilar odatdagidan köra 19 foiz köproq öyinga vaqt ajrata boşlaşdi. Bu esa ularning soğligiga yomon ta’sir qiladi.

Modelni yaratgan olimlar geymerlarga vaqtida ovqatlanişni, suv içib turişni, özlariga yaxşi ğamxörlik qilişni tavsiya qildi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hozir onlayn öyinlarga mukkasidan ketişni psixologik kasallik sifatida e’tirof etdi.

Uyqusizlik, suvsizlaniş, vitamin D yetişmasligi sabab, quyoş nuridan bebahra stulda soatlab vaqt ötkaziş özining ta’sirini körsatadi. Doimiy ravişda öyin pozasida ötiriş esa umurtqa suyaklari qiyşayişiga, e’tiborsiz turmuş tarzi qöl-oyoqlarda ekzemalar paydo bölişiga sabab böladi.