Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston FIFA reytingida 5 pog‘ona yuqoriladi
Xalqaro turnirdagi g‘alabadan so‘ng, milliy jamoa FIFA reytingidagi o‘rnini yaxshiladi.
Foto: UFA
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 19 noyabr kuni milliy jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi o‘tgan oyga nisbatan 5 pog‘ona yuqorilab, 50-o‘ringa ko‘tarildi. Osiyo jamoalari orasida esa Qatardan o‘zib, 5-o‘ringa chiqdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi yaqinda xalqaro turnirda ishtirok etib, Misrni 2:0 hisobida yengdi va Eronni (0:0) penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.
Osiyodagi kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi:
18. Yaponiya
20. Eron
22. Janubiy Koreya
26. Avstraliya
50. O‘zbekiston
51. Qatar
58. Iroq
60. Saudiya Arabistoni
66. Iordaniya
67. BAA
FIFA umumiy reytingida Ispaniya milliy jamoasi yetakchilik qilmoqda. Yuqori o‘ntalikda Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya va Xorvatiya ham bor.
Mavzuga oid
09:50 / 03.02.2026
FIFA rahbari Rossiya jamoalariga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga chaqirdi
07:19 / 03.02.2026
Eng aqlli davlatlar reytingi: IQ bo‘yicha top-10 mamlakat
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
20:06 / 26.01.2026