Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oxfam: ayollar va erkaklar mehnat sharoitlarida tenglikka erishish uchun 170 yil kerak bo‘ladi
Kambag‘alikka qarshi kurashuvchi xalqaro tashkilot Oxfam tadqiqotiga ko‘ra, ayollar bolalar va kasallarni parvarish qilish, tozalash va yegulik tayyorlash kabi xizmatlar uchun investitsiya taqchilligi sababli haq to‘lanmaydigan ishlarni erkaklarga qaraganda ancha ko‘proq bajaradilar.
Ma'ruzada ta'kidlanishicha, bunday ayollarning iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi har yili 10 trln dollarni yoki dunyo yalpi ichki mahsulotining 13 foizini tashkil qiladi. Ya'ni agar bunday ishlarni bajargan ayollar mehnatlari uchun haq olganlarida shuncha pul olardilar. Bu qiymat Hindiston, Yaponiya va Braziliyaning umumiy YaIMidan ko‘proqdir.
Bunday bepul, biroq muqarrar mehnat sababli ayollarning o‘zlari ta'lim olish va maosh to‘lanadigan ishga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar yoki mavjud ishdan voz kechadilar.

Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, dunyoda haq to‘lanuvchi ishlarni bajaruvchi ayollar erkaklardan 700 mln nafarga qamroqdir. Oxfam’ning ma'lum qilishicha, butun dunyo bo‘ylab ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq nochorlikda qolish xavfiga egalar, kamroq himoyalanganlar va kamroq maosh oladilar.
Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab erkaklar va ayollar maoshlari o‘rtasidagi o‘rtacha farq 23 foizni tashkil qiladi. Dunyoning 155 ta davlatida erkaklarga ayollarga nisbatan ko‘proq iqtisodiy huquq beruvchi kamida bitta qonun mavjud.
Mutaxassislarning fikricha, ayollar va erkaklar mehnatida, ish haqida, iqtisodiy huquqlarida tenglikka erishish uchun 170 yil kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:06 / 29.11.2025
Neyronlar olamidagi sirlar: ayollar va erkaklar miyasi o‘rtasidagi farqlar haqida
21:20 / 15.08.2025
O‘zbekiston aholisining 56 foizi mehnatga layoqatli
21:29 / 07.08.2025
“Oyligim oshmayapti” - xodim va ish beruvchi orasidagi doimiy muammo
20:56 / 23.07.2025