1. Miya özini “özgartirişi” mumkinligini bilasizmi? Neyroplastika tufayli miya yangi ma’lumotga mos ravişda öz tuzilişini özgartiradi. Bu nafaqat bolalikda, balki katta yoşda ham davom etadi.
2. Miya yorqin orzular paytida real körişdan foydalanadigan neyronlarning köpini işga tuşiradi. Ya’ni siz tuş körayotganda miya özining real sensor tizimlaridan foydalanayotgandek “işlaydi”. Şuning uçun tuşlar ba’zan şunçalik real his etiladi.
3. Bir kun içida miya 50 000 tagaça fikr işlab çiqişi mumkin. Ularning 70-80 foizi salbiy bölişi inson evolyutsion ehtiyot mexanizmlari bilan boğliq.
4. Miya iqtisodiy jihatdan eng “energiyaxör” organ sanaladi. Tana oğirligining 2 foizini taşkil etsa-da, jami energiyaning taxminan 20 foizini sarflaydi.
5. Miya oğriqni his qilmaydi. U özining nerv retseptorlariga ega emas. Operatsiyada miya töğridan töğri işlangan taqdirda ham oğriq sezilmaydi.
6. Ayollar miyasi örtaça erkaklarnikidan kiçikroq, lekin neyron ziçligi yuqoriroq. Şuning uçun ayollar miyasi neyronlar örtasidagi samarali aloqa sababli yuqori kognitiv samaradorlikka ega böladi.
7. Ayollar emotsiyani yuz ifodasidan 2 barobar tezroq “şifrlaydi”. Neyrovizual tadqiqotlar ayollarda boşqalarning xatti-harakatlarini nazorat qiliş faolligi yuqoriroq ekanini körsatadi — şu tufayli ular emotsiyadagi signallarni tezroq tuşunadi.
8. Ayollar stressga boşqaça reaksiya qiladi—“qoçiş yoki kuraş” emas, balki “xavfsizlik va boğlaniş” mexanizmi işga tuşadi. Oksitotsin gormoni stress paytida ayollarda köproq işlab çiqiladi. Şuning uçun stress holatida ayollar odamlar bilan muloqot qilişga yoki munosabatlarni mustahkamlaşga moyil böladi.
9. Ayollar miyasi qarişda erkaklarga nisbatan bardoşliroq. Neyrodegenerativ jarayonlar ayollarda keçroq boşlanişi mumkin. Lekin menopauza davrida estrogen tuşişi bu xususiyatni qisman pasaytiradi.
10. Ayollar miyasi “köproq tarmoqlangan” — şuning uçun ularda yodda saqlaş va til bilan boğliq funksiyalar kuçliroq. Ayollarda verbal xotira, nomlarni eslab qoliş, nutq tezligi kabi funksiyalar statistik jihatdan yuqoriroq böladi.

















