O‘zbekiston | 17:00 / 09.02.2026
11415
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Murad Buildings daryo bo‘yida joylashgan hayotning yangi standartini belgilab beruvchi Soy Bo‘yi loyihasining ochilish marosimini tantanali tarzda o‘tkazdi

2026 yil 8 fevral kuni Uchtepa tumanida Murad Buildings kompaniyasi tomonidan Soy Bo‘yi turar joy majmuasining 1-bosqichi rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbir o‘tkazildi. Biznes-klass toifasiga mansub ushbu noyob loyiha zamonaviy arxitektura, tabiat bilan uyg‘unlik hamda yuqori darajadagi qulaylikni o‘zida mujassam etgan.

Foto: Murad Buildings

Tadbir mahalla ruhi bilan ilhomlangan festival formatida bo‘lib o‘tdi. Samimiy muloqot, tabassumlar, milliy taomlar va qo‘shnichilik muhiti kelajakdagi yashovchilar uchun nafaqat loyiha bilan yaqindan tanishish, balki bir-birini yaxshiroq bilish va umumiy qadriyatlar asosida shakllanayotgan hamjamiyatning bir qismi ekanini his etish imkonini berdi. Dastur doirasida majmuaning to‘rt bloki bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etildi. Mehmonlar obodonlashtirilgan hududlar, xonadonlar va dam olish zonalarini ko‘zdan kechirib, ularga yuqori baho berishdi.

Tadbir davomida xaridorlar ishonchi va loyihaning uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan Murad Buildings va «O‘zbekinvest» kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik ta’kidlandi. Ular avvalroq «Ikki karra ishonch» dasturini taqdim etgan edi. Ushbu dasturga ko‘ra, qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng, 10 yil davomida Murad Buildings hisobidan Soy Bo‘yi majmuasidagi xonadonlar sug‘urta himoyasi bilan ta’minlanadi. Sug‘urta yong‘in, portlash, o‘g‘irlik, g‘ayriqonuniy harakatlar, tabiiy ofatlar va boshqa kutilmagan holatlarni qamrab oladi.

«Soy Bo‘yi loyihasining birinchi bosqichi ochilishi jamoamiz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Biz odamlar uchun qulay, xavfsiz va osoyishta yashash muhitini yaratmoqdamiz. Biz uchun aholi bilan uzoq muddatli munosabatlarni aynan loyihaga qo‘yilgan ilk qadamdan yo‘lga qo‘yish nihoyatda muhim», - deya ta’kidladi Murad Buildings bosh direktori Oybek Nurmuhamedov.

Shuningdek, ayni kunlarda Soy Bo‘yi turar joy majmuasining ilk yashovchilariga xonadon kalitlari topshirilmoqda. Bu esa loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanganidan dalolat beradi. Yaqin orada majmua hududi bolalar va kattalarning quvonchli ovozlari bilan to‘ladi.

Bugun Soy Bo‘yi asta-sekin haqiqiy ahil yashovchilar shakllanayotgan maskanga aylanmoqda. Bu yerda qo‘shnichilik, ishonch va chin ma’noda mahalla muhiti qadrlanadi.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid