Murad Buildings va Qozoğistonning BI Group kompaniyasining Toşkentdagi navbatdagi yangi qöşma loyihasi - yangi turar joy dahasi qurilişi boşlandi. Loyiha taqdimot marosimi bir-biriga qardoş davlatlar prezidentlari Şavkat Mirziyoyev va Qosim-Jömart Töqayevning uçraşuvi hamda qöşma obektlarning işga tuşirilişi munosabati bilan ötkazildi.

Marosimda BI Group xoldingi rahbari Aydin Rahimboyev 500 million dollar sarmoya kiritiladigan loyiha haqida gapirdi. Mazkur loyiha 1,5 million kvadrat metrdan ortiq ijtimoiy, tijorat va turar joy infratuzilmasi qurilişini öz içiga olgan. Qöşni davlatlar prezidentlari qurilişni boşlaşga rozilik bildirişdi.

“Bigvil” Çirçiq daryosi böylab barpo etiladi. Turar joy dahasi hududida boş rejaga muvofiq şahar boğlari va xiyobonlar, yöllar, ijtimoiy infratuzilma (maktab, bolalar boğçalari, poliklinikalar, teatrlar, savdo majmualari, ma’muriy binolar), şuningdek, daryo böylab obodonlaştiriş işlari amalga oşiriladi.

Bigvil loyihasi MDH mamlakatlari orasida "şahar içidagi şahar" turidagi yangi va katta konsepsiya bölib, unda turar joy majmualaridan taşqari şinam va farovon hayot uçun zarur bölgan hamma qulayliklar barpo etiladi: tibbiyot, ta’lim, sport inşootlari, savdo maydonçalari va boğlar, qulay kiriş yöllari.

BI Group direktorlar kengaşi raisi Aydin Rahimboyev yangi loyihadan közlangan maqsad haqida gapirib berdi:

“Mutaxassislarning başoratlariga köra, Özbekiston köçmas mulk bozori mamlakat iqtisodiy rivojlanişining asosiy omillaridan biriga aylanişi mumkin. “Murad Buildings” kompaniyasining ilğor ğoyalari va “BI Group”ning yirik loyihalarda orttirgan boy tajribasidan foydalangan holda, biz birgalikda uşbu yangi dahada yaşovçilar uçun, şuningdek, Toşkent şahri aholisiga qulay yaşaş uçun barça şaroitlarni yaratmoqçimiz”.

Toşkent şahar hokimi örinbosari, Investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği Şarof Rahmonovning aytişiça, uşbu loyiha poytaxt aholisi uçun katta ahamiyatga ega:

“Özbekiston va Qozoğiston örtasida yaqin şeriklik munosabatlari örnatilgan. Amaldagi va yangi qöşma loyihalarning amalga oşişi köp jihatdan muhtaram prezidentlarimizning şarofati bilan bölib, şu kabi yangidan yangi inşootlarning barpo etilişiga xizmat qilmoqda. Çirçiq daryosi böyidagi loyiha Toşkent şahri uçun muhim va ahamiyatlidir. Biz uni çin dildan qöllab-quvvatlaymiz. Uning şarofati bilan infratuzilma, ijtimoiy ahamiyatga molik obektlar yanada rivojlanib, fuqarolarning yaşaşi uçun qulay va şinam muhit yaratiladi. Hokimlik vakili sifatida uni tarğib qilişga va har tomonlama yordam berişga tayyor ekanligimizni tasdiqlayman”, - dedi hokim örinbosari.