Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi
Hududda aholi gavjum bo‘lgani sababli aqlli svetofor o‘rnatiladi.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi gavjum metro bekati yonidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi.
Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, eski bekat o‘rnida yangi, zamonaviy avtobekat qurilishi boshlandi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekat yonida aqlli svetofor o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Avtobekatning ikkinchi qavatida kafe joylashgan terassa bo‘ladi. Bekat ichidagi ochiq hovliga esa daraxt ekish rejalashtirilgan.
Hokimlik loyiha boshlanishi haqida oldindan xabar berolmagani uchun qurilishga mas’ul tashkilotlar aholidan uzr so‘raganini bildirgan.
Mavzuga oid

08:41 / 26.02.2025
Toshkentdagi sotuv ofislaridan biri yonib ketdi

00:30 / 07.02.2025
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

08:40 / 01.02.2025
Chilonzorda Gentra skuterni urib yubordi

08:53 / 20.01.2025