Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 8 ta bekatni yangilash ishlari olib borilmoqda
6 mart kuni poytaxtda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligi va o‘tkazuvchanligini oshirishga qaratilgan ishlar rejali asosda davom ettirildi.
Foto: Videodan kadr
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lumotiga ko‘ra, joriy ta’mirlash ishlari doirasida poytaxtning bir qator tumanlarida 7 470 kv m maydonda frezalash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek (Feruza), Olmazor (Chimboy), Uchtepa (Uchtepa), Shayxontohur (Samarqand darvoza, Bog‘ko‘cha, Ko‘kcha darvoza, Shiroli), Yunusobod (Xasanboy), Yakkasaroy (Komil Yashin) va Yashnobod (Aviasozlar) ko‘chalarida ishlar olib borildi.
Shuningdek, Muqimiy, Nurafshon, Osiyo va Maxtumquli ko‘chalarida 12 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatilib, 49 tasi almashtirildi.
Aqlli svetoforlar o‘rnatish ishlari doirasida Buyuk ipak yo‘li — Zaytun va Buyuk ipak yo‘li — Salom ko‘chalari kesishmasida yer qazish hamda asfalt kesish ishlari amalga oshirildi. Cho‘ponota — Qatortol ko‘chalari chorrahasida esa kabel-montaj ishlari bajarilib, svetoforlar o‘rnatildi.
Bundan tashqari, Buyuk ipak yo‘li — Intizor, Buyuk ipak yo‘li — Mohlaroyim va Buyuk ipak yo‘li — Binokor ko‘chalari kesishmalarida asfalt kesish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Buyuk ipak yo‘li — Mirishkor, Buyuk ipak yo‘li — Zaytun va Qatortol 1-tor — Qatortol ko‘chalari kesishmasida yer qazish ishlari olib borildi.
Ikkinchi Qatortol — Al Xorazmiy ko‘chalari kesishmasida metall ustunlar o‘rnatildi, THAY — Yangi Yunusobod ko‘chalari kesishmasida esa svetofor qurilmalari montaj qilindi.
Poytaxtda jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Buyuk ipak yo‘li (3 ta), Maxtumquli (3 ta), Osiyo (1 ta) va KHAY (1 ta) ko‘chalarida jami 8 ta zamonaviy bekatni yangilash ishlari davom etmoqda. Shu bilan birga, 27 ta do‘konli bekatda tartibga keltirish ishlari boshlanib, ularning 11 tasida ishlar yakunlandi.
Qo‘shimcha ishlar doirasida 3 km yo‘l qismi uchun loyiha yechimlari ishlab chiqildi, 258 ta noqonuniy reklama obektlari tartibga keltirildi. Shuningdek, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 7 ta temir qopqoq (lyuk) to‘g‘rilandi va piyodalar yo‘laklari xatlovdan o‘tkazildi.
Muqimiy, Osiyo va Maxtumquli ko‘chalarida yo‘l belgilari o‘rnatiladigan 68 ta ustun bo‘yaldi. Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida 80 metr yo‘l chetidagi eski beton to‘siqlar yangisiga almashtirildi, Maxtumquli va Sebzor ko‘chalarida esa 16 ta yoritish temir ustuni almashtirildi.
Ma’lum qilinishicha, ishlar ob-havo sharoitidan kelib chiqib, shahar ko‘chalarida xavfsiz va samarali harakatni ta’minlash maqsadida davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:07 / 27.03.2026
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026
Toshkentda kiberjinoyatlar jinoyatlarning yarmidan ko‘pini tashkil qildi
14:01 / 24.03.2026