O‘zbekiston | 09:00 / 23.04.2026
2089
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Apex Development kompaniyasi Mirabad Square’da ko‘chmas mulk xarid qilishning yangi formatini e’lon qiladi

Loyiha doirasidagi cheklangan miqdordagi xonadonlar uchun maxsus shartlar amal qilmoqda: atigi 15% dan boshlanuvchi dastlabki to‘lov bilan 3 yilgacha muddatli to‘lov taqdim etiladi.

Foto: Apex Development

Mirabad Square — Mirobodning qoq markazida joylashgan premium-klass turar joy majmuasi bo‘lib, bu yerda shaharning asosiy infratuzilmasi jamlangan hamda yuqori toifadagi ko‘chmas mulk qiymatining barqaror o‘sishi kuzatiladi. Loyiha “shahar ichida shahar” konsepsiyasi asosida amalga oshirilmoqda va rezidentlar uchun to‘liq infratuzilmani taqdim etadi.

Hududda aholi uchun shaxsiy maydonlar va servis xizmatlari, xalqaro maktab va bolalar bog‘chasi, A va B toifasidagi biznes-markazlar, jahon brendlari butiklaridan iborat shopping-avenyu, shuningdek, fitnes-markaz va premium-klass klinika ko‘zda tutilgan.

Loyihaning asosiy xususiyatlaridan biri — maydoni 2,6 gektar, uzunligi 530 metrni tashkil etuvchi, restoran va kafelarga ega skver-parkdir. Bu maskan shahar markazining o‘zida tabiat bag‘rida sayr qilish, dam olish va sifatli hayot kechirish imkonini beradi.

Birinchi lotga bo‘lgan yuqori talab savdolarning joriy dinamikasi bilan tasdiqlanmoqda. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, savdolar boshlanganidan buyon atigi olti oy ichida birinchi lotdagi xonadonlarning 78 foizi sotib bo‘lingan, M2 minorasidagi sotuv darajasi esa 81,3 foizga yetgan. Ushbu ko‘rsatkichlar xaridorlarning loyihaga bo‘lgan yuqori qiziqishini hamda shaharning markaziy qismidagi premium ko‘chmas mulkka yo‘naltirilgan auditoriya orasida loyihaning ommabopligini yana bir bor tasdiqlaydi.

3 yilgacha bo‘lgan muddatli to‘lov va 15% dan boshlanuvchi dastlabki to‘lov asosidagi maxsus shartlar faqat cheklangan miqdordagi xonadonlar uchun amal qiladi. Batafsil ma’lumot olish va mos tanlovni amalga oshirish uchun Mirabad Square sotuv ofisida shaxsiy maslahat olishingiz mumkin.

Manzil: Mirobod tumani, Avliyo-Ota ko‘chasi, 124

Telefon: (+998) 55−055−55−55

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid