Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti abituriyentlar uchun qishki qabul boshladi
Foto: Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti "Qishki qabul 2023-24" jarayoni boshlanganini e’lon qiladi.
Hujjat topshirish muddati 2023 yil 25 noyabrgacha davom etadi.
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish uchun institut rasmiy saytidagi qabul bo‘limiga (http://admission.mdis.uz/) kirgan holda quyidagi hujjatlarning elektron variantlarini yuklashlari talab etiladi:

• Nomzodni tasdiqlash shakli;
• Pasport yoki ID (pasportga doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili ham qo‘shiladi);
• 5.5 va undan yuqori ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS) / CEFRL B2 yoki 5.5 va undan yuqori bo‘lgan TSMRI Kirish imtihoni natijasi
• 3.5X4.5 hajmda fotosurat (JPEG formatda);
• o‘rta ta’lim darajasiga ega diplom va baholar ilovasi (ingliz tiliga tarjima qilingan holda):
Ushbu qabulga faqatgina o‘rta ta’limni to‘liq yakunlaganlar hujjat topshirishlari mumkin. Umumta’lim maktabi (11 yillik) yoki akademik litsey/kasb-hunar kolleji yoki shunga tenglashtirilgan ta’lim.
2023 yilning bahor, yoz va noyabr oyida TSMRI Kirish imtihonidan 5.5 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar natijalari qishki qabul uchun ham amal qiladi.

Qabul komissiyasining ish jadvali:
dushanba - juma (10:00 - 17:00)
Qabul jarayoni haqida ma’lumot olish uchun:
+998712717702 (Ma’lumot markazi)
+998712769082 (Qabul komissiyasi)
📧Elektron manzil:
Bu hali hammasi emas!
Endi siz o‘qishga kirish uchun (shuningdek, 4.5 - 5.0 balli ko‘rsatkichga ega abituriyentlar ham) institutning o‘zida faoliyat olib borayotgan intensiv tayyorlov kurslarida ham qatnashishingiz mumkin. Kurs haqida batafsil ma’lumot bu yerda👇

"QIShKI QABUL 2023-24" TAYYoRLOV KURSI
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2007 yil 5 sentabrdagi PQ 691-son qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, institut bitiruvchilariga tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi)ning sheriklaridan bo‘lgan yetakchi xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan birining diplomi berilishi, bu diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etilishi belgilab qo‘yilgan.
Institutda bugungi kunda Buyuk Britaniyaning 3 ta universiteti, jumladan, Bangor (Bangor University), Sanderlend (University of Sunderland) hamda Tissayd (Teesside University) universitetlarining 15 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo‘nalishdagi ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.
Reklama
Mavzuga oid
17:00 / 26.04.2025
Xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi
19:00 / 17.03.2025
Soliq qo‘mitasi hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
17:00 / 01.03.2024
Singapur menejmentni rivojlantirish institutida HBS akademiyasi kurslari tashkil etiladi
22:17 / 29.04.2017