Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasi hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 13 mart kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi o‘rtasida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.
Foto: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Mazkur memorandumning asosiy maqsadi – Soliq qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, xususan, ularni xalqaro soliq siyosati va zamonaviy moliyaviy tendensiyalarga oid bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashdir. Shuningdek, institut talabalarining soliq organlarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash ushbu hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rahbariyati, mas’ul xodimlar va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Instagram | Facebook
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:05
Soliq xizmati xodimlarining daromad va xarajatlarini deklaratsiyalash tizimi ishlab chiqildi
13:16 / 05.02.2026
Soliq qo‘mitasi QQSga avtomatik o‘tkazish tartibini tushuntirdi
11:01 / 02.02.2026
Soliq qo‘mitasida komplayens sohasiga mas’ul o‘rinbosar belgilandi
14:22 / 27.01.2026