Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qobul Berdiyev FVV akademiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar bermoqda.
Qobul Berdiyev va Ravshan Haydarov
Ma’lum qilinishicha, Ravshan Haydarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i sifatida ish boshlagan.
General-mayor Ravshan Haydarov 2001-2002 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002 yilda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, 2002-2004 yillarda Sirdaryo viloyati hokimi bo‘lgan.
U 2016-2021 yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i sifatida ishlagan. 2021 yil fevral oyida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Qobul Berdiyev 2017 yilning sentabr oyi boshlarida mudofaa vaziri lavozimini tark etgandi. U 2018 yilning bahorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i sifatida ish boshlagan.
Mavzuga oid
21:44 / 14.10.2025
O‘zbekiston yoshlari Qozog‘istonni ikki o‘yinda ham mag‘lub etdi
21:27 / 09.09.2025
O‘zbekiston olimpiyachilari Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
17:17 / 26.12.2023
Fayzullayev – O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi. O‘FA yil laureatlarini e’lon qildi
21:35 / 18.03.2023