O‘zbekiston | 20:23 / 05.05.2020
166547
1 daqiqa o‘qiladi

Stikerlar bekor qilinadi va barcha transport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda karantin cheklovlarini yumshatish bo‘yicha navbatdagi choralar belgilandi.

Foto: KUN.UZ

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kungi yig‘ilishda Maxsus komissiyaga uch kun muddatda stikerlarni bekor qilib, barcha transport vositalari harakatlanishiga ruxsat berish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bundan tashqari, epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, uy ta'mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyati bo‘yicha kuchaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda, ish boshlashi uchun ham ruxsat beriladi.

Vaziyat yomonlashsa, karantin choralari qayta tiklanishi belgilangan.

Ma'lum qilinishicha, o‘tgan ikki hafta mobaynida respublika hududlarida 59 mingta ishlab chiqarish korxonalari qaytadan ishga tushirilgan.

Jumladan, Toshkent shahrida 16 mingdan ziyod, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 857ta korxona o‘z faoliyatini tiklagan.

Mavzuga oid